Herunterladen Diese Seite drucken

LG Multi V Serie Montageanleitung Seite 788

Vorschau ausblenden Andere Handbücher für Multi V Serie:

Werbung

Xavfsizlik ko'rsatmalari
• Har qanday ventilyatsiya tirqishlarini to'sib qo'ymang.
• Mexanik ulanishlarga texnik xizmat ko'rsatish maqsadlaridda osongina yetish mumkin
bo'lishi kerak.
• Turli turdagi sovutish vositalarining aralashib ketishining oldini olish uchun tashqi
blokda foydalaniladigan sovutish vositasining turini albatta tekshiring.
Ishlatish
• Havo konditsionerini yuqori namlikda va eshik yoki deraza ochiq holatda bo'lganda
uzoq vaqt ishlashiga yo'l qo'ymang.
- Namlik kondensatsiyalanishi va uy mebellarini ho'l qilishi yoki ularga zarar yetkazishi
mumkin.
• Ishlash vaqtida elektr kabelining tortilib qolmasligi yoki shikastlanmasligiga e'tibor
bering.
- Yong'in chiqishi yoki elektr toki urishi xavfi mavjud.
• Quvvat kabeli ustiga hech narsa qo'ymang.
- Yong'in chiqishi yoki elektr toki urishi xavfi mavjud.
• Jihoz ishlayotgan vaqtda quvvat simi vilkasini rozetkadan uzmang yoki rozetkaga
ulamang.
- Yong'in chiqishi yoki elektr toki urishi xavfi mavjud.
• Jihozga nam qo'llaringiz bilan tegmang (boshqarmang).
- Yong'in yoki elektr toki urishi xavfi bor.
• Quvvat kabeli yaqiniga isitgich yoki boshqa jihozlarni qo'ymang.
- Mazkur talabga rioya qilmaslik elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.
• Elektr qismlarga suv kirishiga yo'l qo'ymang.
- Yong'in, jihozda nosozlik chiqishi yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.
• Tezda alanga oluvchi gaz yoki yonuvchi moddalarni jihoz yonida saqlamang yoki
foydalanmang.
- Yong'in yoki jihozda nosozlikka olib kelishi mumkin.
• Jihozni uzoq vaqt davomida mahkam bekitilgan joyda foydalanmang.
- Kislorod yetishmovchiligi kelib chiqishi mumkin.
• Yonuvchi gaz sizib chiqqan hollarda, konditsionerni yoqishdan avval gazni o'chiring va
derazani ochib xonani shamollating.
- Telefondan yoki yoqish/o'chirish tugmasidan foydalanmang. Portlash yoki yong'in
kelib chiqishi mumkin.
• Konditsionerdan g'alati tovush yoki hid yoki tutun chiqsa. Zanjir uzgichni o'chiring yoki
quvvat simini tarmoqdan uzing.
- Aks holda, elektr toki urishi yoki yong'in kelib chiqishi mumkin.
• Dovul va bo'ron vaqtida konditsionerni ishlatishni to'xtating va derazani yopib qo'ying.
Agar iloji bo'lsa, kuchli bo'ron yetib kelishidan avval konditsionerni derazadan yechib
oling.
- Bunda mulkka zarar yetishi, jihoz ishdan chiqishi yoki elektr toki urishi xavfi mavjud.
6
Ichki blok

Werbung

loading