Qurilma tozalayotganda quyidagilarni yodda tuting
• Qurilmangizni yoki zaryadlash qurilmasini sochiq yoki salfetka
bilan arting.
• Batareya terminallarini paxta yoki sochiq bilan tozalang.
• Kimyoviy yoki yuvish vositalaridan foydalanmang. Bunday qilish
qurilma korpusini yemirishi yoki uning rangini o'chirishi, elektr
toki urishi yoki yong'in kelib chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.
• Qurilmaga suv, ter, chang, kosmetik moddalar, siyoh, kir
yuvish vositasi, hasharotlarga qarshi vosita va moy tushishidan
ehtiyot bo'ling. Agar qurilmangizga yuqorida sanab o'tilgan
moddalardan biri tegsa, uni tozalash uchun tuksiz, yumshoq
matodan foydalaning.
Qurilmani faqat belgilangan tegishli maqsadda ishlating
Qurilmangizga zarar yetishi mumkin.
Qurilmadan jamoat joylarida foydalanayotganda boshqalarga
halaqit bermang
Faqatgina malakali mutaxassislarga qurilmangizni ta'mirlash
uchun ruxsat bering
Malakasiz mutaxassislarga qurilmangizni ta'mirlash uchun ruxsat
berish qurilmangiz buzilishiga olib kelishi mumkin hamda bu
ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan kafolat bilan qoplanmaydi.
Favqulodda xizmatlarga kirish imkoniyatiga ega
ekanligingizga ishonch hosil qiling
Ba'zi hududlarda va sharoitlarda qurilmangiz orqali favqulodda
qo'ng'iroqlarni amalga oshirish imkoniyati mavjud bo'lmasligi
mumkin. Rivojlanmagan yoki uzoq joylarga sayohat qilishdan
avval, favqulodda xizmatlarga bog'lanishning muqobil usullarini
rejalashtiring.
O'zbek
743