• Samolyotda elektron qurilmalardan foydalanish samolyotning
elektron navigatsiyalash asboblari faoliyatiga halaqit berishi
mumkin. Samolyot havoga ko'tarilayotgan va qo'nayotgan
vaqtda qurilmangiz o'chirilganligiga ishonch hosil qiling. Agar
samolyot ekipaji ruxsat bersa, havoga ko'tarilgandan so'ng
qurilmangizdan foydalanishingiz mumkin.
• Qurilmangiz chiqarayotgan radio to'lqinlar sababli
avtomobilingizdagi elektron qurilmalar to'g'ri ishlamasligi.
Qo'shimcha ma'lumot olish uchun ishlab chiqaruvchi bilan
bog'laning.
Qurilmani qalin tutun mavjud bo'lgan joylarga
yaqinlashtirmang
Bunday qilish qurilmaning tashqi korpusiga yoki uning ishlashiga
zarar yetkazishi mumkin.
Agar eshitishda muammolarga duch kelsangiz, radio
aralashuv haqidagi ma'lumotlarni olish uchun ishlab
chiqaruvchi bilan bog'laning
Qurilmangizdan chiqarilgan radio to'lqinlar eshitish bilan
bog'liq ba'zi muammolarga olib kelishi mumkin. Qurilmangizni
ishlatishdan avval, qurilma tomonidan chiqariladigan radio
to'lqinlar eshitish bilan bog'liq muammolarga sabab bo'lishi yoki
bo'lmasligi haqidagi ma'lumotlarni olish uchun ishlab chiqaruvchi
bilan bog'laning.
Qurilmangizni ovoz tizimlari yoki radio antennalari kabi
radio chastotalar ta'sir qilishi mumkin bo'lgan qurilma yoki
uskunalar yaqinida ishlatmang
Radio chastotalari qurilmangizning ishlashiga salbiy ta'sir qilishi
mumkin.
Portlash ehtimoli yuqori bo'lgan joylarda qurilmani o'chiring
• Portlash ehtimoli yuqori bo'lgan joylarda har doim o'zini tutish
qoidalari, normativ hujjatlar va belgilarga amal qiling.
O'zbek
736