• Yoqilg'i quyish shaxobchalarida, yoqilg'i yoki kimyoviy
moddalar yaqinida yoki portlash qamrab oladigan hududlarda
qurilmangizdan foydalanmang.
• Tez yonuvchan suyuqliklarni, gazlarni yoki portlovchi
materiallarni qurilma, uning qismlari yoki aksessuarlari bilan bir
bo'linmada saqlamang yoki olib yurmang.
Agar qurilmangiz yoki batareyadan yoqimsiz hid yoki ovoz
chiqayotganini, ulardan suyuqlik yoki tutun chiqayotganini
sezsangiz, darhol qurilmadan foydalanishni to'xtating va uni
Samsung xizmat ko'rsatish markaziga olib boring
Buni bajarmaslik yong'in yoki portlash kelib chiqishiga sabab
bo'lishi mumkin.
Transport vositasini boshqarish vaqtida mobil qurilmadan
boshqarishda barcha xavfsizlik qoidalari va normativlariga
rioya qiling
Avtomobilni boshqarish vaqtida Sizning eng birinchi vazifangiz
transport vositasini diqqat bilan boshqarishdir. Hech qachon
avtomobilni boshqarish vaqtida mobil telefondan foydalanmang.
O'zingizning va boshqalarning xavfsizligi uchun quyidagi
ko'rsatmalarga amal qiling:
• Ko'zingizni yo'ldan uzmagan holda qo'lingiz simsiz qurilmaga
yetishiga ishonch hosil qiling. Agar qulay bo'lmagan vaqtda
Sizga qo'ng'iroq qilishsa, ovozli pochtangizga Sizning
o'rningizga javob berishi uchun ruxsat bering.
• To'xtovsiz harakat yoki noqulay ob-havo sharoitida
qo'ng'iroqlarni to'xtatib turing. Yomg'ir, qor aralash yomg'ir, qor,
muz va to'xtovsiz harakat noqulay sharoitni keltirib chiqarishi
mumkin.
• Eslatmalar yozmang yoki raqamlar qidirmang. "Bajariladiganlar"
ro'yxatini qidirish yoki manzillar kitobini ko'rib chiqish
asosiy vazifangiz bo'lgan transport vositasini boshqarishdan
diqqatingizni chalg'itadi.
O'zbek
737