Herunterladen Inhalt Inhalt Diese Seite drucken

LG MU2R15 Bedienungs- Und Montageanleitung Seite 330

Vorschau ausblenden Andere Handbücher für MU2R15:
Inhaltsverzeichnis

Werbung

Verfügbare Sprachen
  • DE

Verfügbare Sprachen

  • DEUTSCH, seite 49
XAVFSIZLIK KO'RSATMALARI
6
• Agar qurilma g'alati shovqin chiqarsa, kuygan g'alati hid yoki tutun chiqarsa. Darhol avtomatik
uzgichni o'chiring yoki vilkani rozetkadan chiqaring. Yong'in yoki elektr toki urishi xavfi mavjud.
• U pech yoki issiqlik elementi bilan birgalikda ishlatilgan hollarda mahsulot o'rnatilgan xona
havosini vaqti-vaqti bilan almashtirib turing. Kislorod yetishmasligi yuz berishi va buning
natijasida sog'lig'ingizga zarar yetishi mumkin.
• Qurilmadan uzoq vaqt foydalanilmagan vaqtlarda elektr simi vilkasini rozetkadan uzing yoki
elektr zanjir uzgichini o'chirib qo'ying. Aks holda mahsulotga zarar yetishi yoki nosozlik kelib
chiqishi yoki jihoz bexosdan ishga tushib ketishi mumkin.
• Hech kimning, ayniqsa bolalarning tashqi qurilmaning ustiga chiqmasligi yoki yiqilmasligiga
ishonch hosil qiling. Insonga shikast yoki jihozning nosozligiga olib kelishi mumkin.
• Ishlash vaqtida elektr kabelining tortilob qolmasligi yoki shikastlanmasligiga e'tibor bering.
Yong'in chiqishi yoki elektr toki urishi xavfi mavjud.
• Quvvat kabeli ustiga hech narsa qo'ymang. Yong'in chiqishi yoki elektr toki urishi xavfi mavjud.
• Yonuvchan gaz sizib chiqqan hollarda konditsionerni ishga tushurishdan avval gazni o'chirng va
derazani ochib, xonani shamollating. Telefondan foydalanmang yoki yoqish yoki o'chirishdan
foydalaning. Portlash yoki yong'in xavfi mavjud.
• Tozalash, xizmat ko'rsatish yoki ta'mirlash vaqtida mustahkam stol yoki narvondan foydalaning.
Shaxsiy shikastdan ehtiyot bo'ling.
• Suv bilan issiqlik almashtiruvchidagi chang yoki tuz zarrachalarini vaqti-vaqti bilan (yiliga bir
necha bor) tozalab turing.
• Qurilmani bo'shatib olish, sovutuvchi moyga qarov va ehtiyot qismlarni almashtirish mahalliy va
milliy standartlarga muvofiq tarzda bajarilishi kerak.
DIQQAT
!
O'rnatish
• Mahsulotni ikki yoki undan ko'proq kishi ko'tarishi va tashishi kerak. Shaxsiy shikast yetishini
oldini oling.
• Dengiz shamoli (tuz shamoli) bevosita ta'sir etishi mumkin bo'lgan joyda o'rnatmang.
Zanglashga olib kelishi mumkin.
• Kondensatsiyalangan suv drenaj tizimi orqali to'kib tashlanishini ta'minlash uchun drenaj
shlangini o'rnating. Nosoz ulanish suv sizib chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.
• Jihozni o'rnatish jarayonida ham shu darajani saqlang. Tebranish yoki suv sizib chiqishini oldini
olish uchun.
• Qo'shnilarga shovqin va issiq havo noqulayliklar yaratishi mumkin bo'lgan joyga jihozni
o'rnatmang. Tebranishlar yoki shovqin chiqishini oldini olish uchun.
• O'rnatish yoki ta'mirlash ishlaridan so'ng doimo gaz (sovutuvchi agent) sizib chiqish holatlarini
tekshiring. Sovutish agenti miqdorining kamligi jihozda nosozlik kelib chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.
• Sovutish vositasi zanjiri bilan ishlovchi yoki uni qismlarga ajratuvchi har qanday shaxs
tarmoqdagi vakolatli organdan amal qilish muddati o'tmagan sertifikatga ega bo'lishi va bu
sertifikat sovutish vositalari bilan tarmoqda tan olingan baholash xususiyatlariga ko'ra xavfsiz
tarzda ishlay olishlarini ko'rsatishi kerak.

Werbung

Inhaltsverzeichnis
loading

Inhaltsverzeichnis