Herunterladen Inhalt Inhalt Diese Seite drucken

LG MU2R15 Bedienungs- Und Montageanleitung Seite 328

Vorschau ausblenden Andere Handbücher für MU2R15:
Inhaltsverzeichnis

Werbung

Verfügbare Sprachen
  • DE

Verfügbare Sprachen

  • DEUTSCH, seite 49
XAVFSIZLIK KO'RSATMALARI
4
O'rnatish
• Nosoz va sifatsiz saqlagichdan foydalanmang. To'g'ri keluvchi zanjir uzgich va saqlagichdan
foydalaning. Yong'in yoki elektr toki urishi xavfi bor.
• Elektr ishlari bo'yicha diler, sotuvchi, malakali mutaxassis yoki Maxsus Xizmat markaziga
murojaat eting. Qurilmani o'zingizcha qismlarga ajratmang yoki ta'mirlamang. Yong'in yoki
elektr toki urishi xavfi bor.
• Ushbu qurilma mos tarzda yerga ulangan bo'lishi kerak. Mazkur qurilmani gaz trubalari, plastik vodoprovod
trubalari yoki telefon liniyalari yordamida yerga ulamang. Yong'in yoki elektr toki urishi xavfi bor.
• Boshqarish qutisi paneli va qopqog'ini ehtiyotlik bilan o'rnating. Chang, suv kabilar tufayli
yong'in yoki elektr toki urish xavfi mavjud.
• Sifatli saqlagich va yoqgichdan foydalaning. Yong'in yoki elektr toki urishi xavfi bor.
• Quvvat simini o'zgartirmang yoki uzaytirmang. Elektr tarmog'iga ulash kabeli titilgan yoki izolyatsiyasi
artchilgan bo'lsa, u yangisi bilan almashtirilishi kerak. Yong'in yoki elektr toki urishi xavfi bor.
• Konditsionerni o'rnatish, olib tashlash yoki qayta o'rnatish uchun diler yoki xizmat ko'rsatish
markaziga murojaat qiling. Yong'in, portlash, shikast yoki elektr toki urishi xavfi bor.
• Nosoz o'rnatiladigan joyga jihozni o'rnatmang. O'rnatish sohasining vaqt o'tishi bilan
yomonlashmasligiga ishonch hosil qiling. Bu mahsulotning yiqilishiga sabab bo'lishi mumkin.
• Tashqi blokni hech qachon harakatlanuvchi asosga yoki u yiqilib tushishi mumkin bo'lgan
joylarga o'rnatmang. Tashqi blokning yiqilishi shikastlanishga yoki shaxslarning jarohatlanishi va
xattoki o'limiga ham olib kelishi mumkin.
• Tashqi blokda ko'taruvchi kondensator elektr qismlarga yuqori kuchlanishli elektr toki yetkazib
beradi. Ta'mirlash ishlarini bajarishdan avval kondensatorning to'liq zaryadsizlanganligiga
ishonch hosil qiling. Zaryadlangan kondensator elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.
• Qurilmani o'rnatishda mahsulot bilan birga berilgan o'rnatish majmuasidan foydalaning. Aks
holda qurilma yiqilib tushishi va jiddiy jarohatlanishga olib kelishi mumkin.
• Ichki/tashqi bloklarning simli ulanishlar mahkamlanishi va kabellar to'g'ri o'rnatilishi kerak va
kabellari ulash terminllaridan tortuvchi kuchlar bo'lmasligi kerak. Noto'g'ri yoki bo'sh ulanishlar
issiqlik hosil bo'lishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.
• Qadoqlash materiallarini xavfsiz tarzda chiqitga chiqaring. O'rnatgandan yoki texnik xizmat
ko'rsatilgandan keyin vintlar, mixlar, batareyalar, singan narsalarni olib tashlang hamda plastik o'ram
xaltalarini tashlab yuboring. Ularni bolalar o'ynashlari va bu jarohatlanishga sabab bo'lishi mumkin.
• Foydalaniladigan xladogentni tekshirib boring. Iltimos, mahsulotdagi yorliqni o'qing. To'g'ri
kelmaydigan xladogentdan foydalanish qurilmaning noto'g'ri ishlashiga sabab bo'lishi mumkin.
• Old panel, korpus, tepa qopqoq, boshqaruv qutisi qopqog'I olib tashlangan yoki ochilgan bo'lsa, elektrga
ulamang yoki yoqmang. Aks holda yong'in chiqishi, tok urishi, portlashi yoki o'limga olib kelishi mumkin.
• Sizishni tekshirishda yoki havo purkab tozalashda vakuumli nasos yoki inert (azot) gaz ishlating.
Havoni yoki kislorodni siqmang va yonuvchan gazlar ishlatmang. Aks holda yong'in chiqishi yoki
portlashi mumkin. O'lim, jarohat, yong'in yoki portlash xavfi bor.
• Jihoz doimiy ravishda uchqun hosil qiluvchi manbalar mavjud bo'lmagan xonada saqlanishi
kerak (masalan: ochiq olovlar, ishlayotgan gaz plitasi yoki elektr isitgich.)
• Muzdan tushirishni tezlashtirish yoki tozalash uchun ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya
qilinganidan boshqa vositalardan foydalanmang.

Werbung

Inhaltsverzeichnis
loading

Inhaltsverzeichnis