Herunterladen Inhalt Inhalt Diese Seite drucken

LG MU2R15 Bedienungs- Und Montageanleitung Seite 329

Vorschau ausblenden Andere Handbücher für MU2R15:
Inhaltsverzeichnis

Werbung

Verfügbare Sprachen
  • DE

Verfügbare Sprachen

  • DEUTSCH, seite 49
• Sovutish vositasi sikli qismini teshmang yoki kuydirmang.
• Sovutish vositalarning hidga ega bo'lmasliklari mumkinligini yodda tuting.
• Har qanday ventilyatsiya tirqishlarini to'sib qo'ymang.
• Jihoz xona o'lchami ishlashi uchun ko'rsatilgan xoha sohasiga mos bo'lgan yaxshi
shamollatiladigan xonada saqlanishi kerak.
• Shikastlanishining oldini olish uchun sovutish vositasi trubkasi himoyalanishi yoki o'rab qo'yilishi zarur.
• Oddiy ishlash sharoitlarida o'rnidan siljib ketishi mumkin bo'lgan moslashuvchan sovutgich
ulanishlari (tashqi blok bilan ichki blok o'rtasidagi liniyalarni ulash kabilar) mexanik
shikastlanishdan himoyalanishi kerak.
• Sovutish vositasining sovutish tizimi qismlari o'rtasida oqishiga imkon berish uchun klapanlarni
ochishdan avval payvandlash yoki mexanik ulash ishlari bajarilishi kerak.
• Mexanik ulanishlarga texnik xizmat ko'rsatish maqsadlaridda osongina yetish mumkin bo'lishi
kerak.
• Xizmat ko'rsatish vaqtida va qismlarga ajratishda jihoz elektr rozetkasidan uzib qo'yilishi kerak.
• Qitish ishlayotgan yoki ishdan keyin darhol sovutish quvurlari va suv trubasiga yoki ichki
qismlarga tegmang. Bu kuyishi yoki muzlashdan olib kelishi mumkin.
• Mahsulotni parallel bo'lmagan yoki nuqsonli o'rnatish tayanchiga o'rnatmang. Aks holda bu tan
jarohat yetishi, baxtsiz voqea yuz berishi yoki qurilmaga zarar etishiga olib kelishi mumkin.
• Qurilma milliy elektr o'tkazmalari qoidalariga muvofiq o'rnatilishi kerak.
Ishlatish
• Agar qurilmaga suv kirsa (suv bilan to'lib qolsa yoki suvga botsa), undan foydalanishdan avval
ta'mirlash uchun vakolatli xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling. Yong'in yoki elektr toki
urishi xavfi bor.
• Faqat qismlar ro'yxatida ko'rsatilgan qismlardan foydalaning. Hech qachon qurilmani
o'zgartirishga urinmang. Mos bo'lmagan qismlardan foydalanish elektr toki urishi, ortiqcha
issiqlik hosil bo'lishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.
• Mahsulotga nam qo'llaringiz bilan tegmang, ishlatmang yoki uni ta'mirlamang. Rozetkadan
sug'urganda, vilkadan ushlagan holda torting. Yong'in yoki elektr toki urishi xavfi mavjud.
• Elektr tarmog'iga ulash kabeli yaqiniga isitigich yoki boshqa isitish qurilmalarini joylashtirmang.
Yong'in yoki elektr toki urishi xavfi mavjud.
• Elektr qismlarda suv tegishiga yo'l qo'ymang. Qurilmani suv manbaalaridan uzoqroqqa
o'rnating. Yong'in chiqishi, mahsulotga zarar yetishi yoki elektr toki urishi xavfi mavjud.
• Mahsulot yaqinida yonuchan gaz yoki portlovchi moddalarni saqlamang, ulardan foydalanmang.
Yong'in xavfi mavjud.
• Maxkam yopilgan xonada jihozdan uzoq vaqt davomida foydalanmang. Muntazam ravishda
havo almashtirib turing. Kislorod yetishmasligi yuz berishi va buning natijasida sog'lig'ingizga
zarar yetishi mumkin.
• Ishlatish vaqtida mahsulot qafasi old qismini ochmang. (Agar jihozda elektrostatik filter mavjud bo'lsa,
uni tegmang.) Jismoniy shikast, elektr toki xavfi yoki jihozda nosozlikka olib kelishi mumkin.
XAVFSIZLIK KO'RSATMALARI
5

Werbung

Inhaltsverzeichnis
loading

Inhaltsverzeichnis