Brush Head
Reminder
OFF
Tozalash
Tish choʻtkasi dastasi
Choʻtka kallagi
-
Yuqori-oʻrtacha-past uchta ohang choʻtka kallagini
almashtirish eslatmasi funksiyasi faolsizlantirilganini
anglatadi. Displeydagi belgi choʻtka kallagini
almashtirish eslatmasi faolsizlantirilganini koʻrsatadi.
Tish pastasi va boshqa qoldiqlarni olib tashlash uchun
Philips Sonicare tish choʻtkangizni muntazam ravishda
tozalashingiz kerak. Philips Sonicare tish choʻtkangizni
tozalamaslik mahsulotning gigiyenik boʻlmasligiga va
uning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Ogohlantirish: Mahsulot yoki aksessuarlarni oʻtkir
narsalar bilan yoki idish yuvish mashinasi,
mikrotoʻlqinli pech, kimyoviy moddalar bilan yoki
qaynoq issiq suvda tozalamang.
1 Choʻtka kallagini chiqarib oling va metall val atrofini
iliq suv bilan yuving. Dasta va tugmalar atrofidagi tish
pastasi qoldiqlarini haftada kamida bir marta, lekin
yaxshisi har foydalanishdan keyin tozalang.
Ogohlantirish: Metall valdagi yoki tugmalar atrofidagi
rezina zichlagichni oʻtkir narsalar bilan bosmang, bu
shikastlanishga olib kelishi mumkin.
2 Dastaning butun yuzasini nam mato bilan artib oling.
Ogohlantirish: Ortiqcha suvni yoʻqotish uchun dastani
chanoq yoki stolga urmang.
3 Dastani yumshoq mato yoki sochiq bilan quriting.
1 Har foydalanishdan keyin choʻtka kallagi va
choʻtkalarini yuving va havoda quriting.
2 Choʻtka kallagini dastadan chiqarib oling va choʻtka
kallagi ulanish qismini kamida haftada bir marta iliq
suv bilan yuving.
317
O'zbek