308
O'zbek
Tish tozalash koʻrsatmalari
45°
45°
Faqat yumshoq bosib bering va tish choʻtkasi siz uchun
tozalashiga imkon bering. Eng yaxshi taassurot uchun
tish tozalash koʻrsatmalariga amal qiling.
Yangi Sonicare motorli tish choʻtkasiga oʻtishingizga
yordam berish uchun EasyStart funksiyasi faollashtirilgan
holatda taqdim etiladi. Bu funksiya Philips Sonicare tish
choʻtkasi bilan tozalashingizga koʻnikishingiz uchun ilk 14
ta tozalash davomida dastaning quvvatini asta-sekin
oshirib boradi.
1 Choʻtkani namlang va unga kam miqdorda tish
pastasi surting.
2 Philips Sonicare yoqilishi uchun quvvat tugmasini
bosing. Keyin choʻtkalash rejimini tanlang.
Izoh: Barcha rejimlarning dastlabki 3 soniyasi
yumshoq tebranish bilan boshlanadi. Bu tish
pastasining sochilishining oldini oladi va oʻzingizga
yoqqan choʻtkalash rejimini tanlash uchun rejimlarni
almashtirish imkonini beradi.
3 Tish choʻtkasini tishlar qarshisida kichik (45 daraja)
burchak ostida tuting va choʻtkalar milk chizigʻiga yoki
uning tagiga yetishi uchun uni yengil bosing.
Izoh: Choʻtka markazini tishlarga doimi toʻliq tekkizib
turing.
4 Choʻtkani tishlar va milk chizigʻiga yengil tutib turing.
Choʻtkalar tishlar orasiga kirishi uchun choʻtka
kallagini oldinga-orqaqa kichik harakatlar bilan
tishlaringizni tozalang. Bu harakatlarni tish tozalash
siklingiz yakunlangunga qadar bajaring.
Izoh: Choʻtkalar biroz kengayishi kerak. Oddiy tish
choʻtkasi bilan qilinadigan kabi ishqalash tavsiya
etilmaydi.