Herunterladen Diese Seite drucken

Philips AC0830 Bedienungsanleitung Seite 76

Vorschau ausblenden Andere Handbücher für AC0830:

Werbung

Verfügbare Sprachen
  • DE

Verfügbare Sprachen

  • DEUTSCH, seite 14
Muhim
Xavfsizlik
Jihozdan foydalanishdan oldin foydalanuvchi qoʼllanmasini diqqat bilan oʼqib chiqing va keyinchalik
maʼlumot uchun saqlab qoʼying.
Eng yuqori samaradorlik uchun havo tozalagichni eng soʼnggi versiyagacha yangilashni tavsiya qilamiz.
Bu yangilanishni Air+ ilovasi orqali amalga oshirishingiz mumkin (faqat Wi-Fi funksiyasiga ega jihoz
uchun).
Xavf
Tok urishi va/yoki yongʼin xavfining oldini olish uchun jihozni suv, har qanday suyuqlik yoki
(yonuvchan) yuvish vositasi bilan yuvmang yoki ularning jihozga kirishiga imkon bermang.
Jihozning atrofida yonuvchan materiallar, masalan, insektitsidlar yoki xushboʼy moddalar sepmang.
Ogohlantirish
Jihozni ulashdan oldin namunaviy tablichkada koʼrsatilgan kuchlanish mahalliy tarmoq
kuchlanishiga mos kelishini tekshiring.
Agar quvvat shnuri shikastlangan boʼlsa, uni Philips kompaniyasi, Philips tomonidan vakolat
berilgan servis markazi yoki shu kabi malakali mutaxassislar almashtirishi kerak.
Agar adapter, quvvat shnuri yoki jihozning oʼzi shikastlangan boʼlsa, jihozdan foydalanmang.
Faqat jihoz bilan berilgan tasdiqlangan adapterdan (AC0819/AC0820/AC0830:
KA1801A-2400750EU, AC0850: KA2401A-2401000EU) foydalaning.
Bu jihozdan xavfsiz foydalanish boʼyicha koʼrsatma berilgan yoki xavfsiz foydalanish uchun kuzatuv
ostida boʼlsa va unga bogʼliq xatarlardan xabardor boʼlsa, 8 yosh va undan katta yoshdagilar va
jismoniy, sezgi yoki ruhiy qobiliyati cheklangan yoki tajribasiz va tushunchaga ega boʼlmagan
odamlar ham foydalanishi mumkin.
Bolalar jihoz bilan oʼynashiga yoʼl qoʼymang.
Tozalash va texnik xizmat koʼrsatish kuzatuv ostida boʼlmagan bolalar tomonidan amalga oshirilishi
taqiqlanadi.
Havo chiqarish teshigi yoki havo olish teshigining oldiga predmetlarni qoʼyish orqali havo olish va
chiqarish teshigini toʼsib qoʼymang.
Havo chiqarish teshigi orqali begona jismlar jihozga tushib qolmasligini tekshiring.
Standart Wi-Fi interfeysi maksimal chiqish quvvati 31,62 mW EIRP bilan 2,4GGs chastotada
802.11b/g/n standartiga asoslanadi (faqat Wi-Fi funksiyasiga ega jihoz uchun).
Diqqat
Bu jihoz tegishli shamollatish, muntazam changyutkichda tozalash yoki ovqat tayyorlashda
dudboʼron yoki ventilyator sifatida ishlatishga moʼljallanmagan.
Doim jihozni quruq, barqaror, tekis va gorizontal sirtga joylang va foydalaning.
Jihozning atrofida kamida 20 sm va uning yuqorisida kamida 30 sm boʼsh joy qoldiring.
Jihozni ustiga oʼtirmang yoki uning ustida turmang. Jihozning ustiga hech narsa qoʼymang.
Jihozga kondensatsiya toʼkilishining oldini olish uchun uni konditsionerning ostiga joylamang.
Faqat bu jihoz uchun moʼljallangan asl Philips filtrlaridan foydalaning. Boshqa filtrlardan
foydalanmang.
Filtrning yonishi insonga juda yomon taʼsir koʼrsatishi va/yoki boshqalarning hayotini xavf ostiga
qoʼyishi mumkin. Filtrdan yonilgʼi yoki boshqa maqsadda foydalanmang.
Jihozga (ayniqsa, havo olish va havo chiqarish teshiklariga) qattiq jismlar bilan urmang.
Jismoniy jarohatlanish yoki jihozning ishdan chiqishining oldini olish uchun barmoq yoki boshqa
obyektlarni havo chiqarish va havo olish teshigiga kiritmang.
Jihozni uyda hasharotlarni qochiradigan tutunli vositalar qoʼllanganda yoki moyli qoldiqlar,
yonayotgan chiqindilar yoki kimyoviy bugʼlar boʼlgan joyda ishlatmang.
UZ
73

Werbung

loading

Diese Anleitung auch für:

Ac0820Ac0819Ac0850Ac0830/10