Herunterladen Inhalt Inhalt Diese Seite drucken

LG ARNU18GV1A4 Montageanleitung Seite 745

Vorschau ausblenden Andere Handbücher für ARNU18GV1A4:
Inhaltsverzeichnis

Werbung

• Dengiz shamoli (tuzli shamol) bevosita ta'sir etishi mumkin bo'lgan
joyga o'rnatmang.
- Bu qurilma ustida zanglash paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin.
Zanglash, ayniqsa, kondensator va bug'latgich qovurg'alarida,
jihozning nosozligiga yoki samarasiz ishlashiga olib kelishi mumkin.
• Sovutish vositasi zanjiri bilan ishlovchi yoki uni qismlarga ajratuvchi
har qanday shaxs tarmoqdagi vakolatli organdan amal qilish muddati
o'tmagan sertifikatga ega bo'lishi va bu sertifikat sovutish vositalari
bilan tarmoqda tan olingan baholash xususiyatlariga ko'ra xavfsiz
tarzda ishlay olishlarini ko'rsatishi kerak.(R32 uchun)
• Jihoz mehanik zararlanishning yuz berishi oldini olinadigan tarzda
saqlanishi kerak.
• Shikastlanishining oldini olish uchun sovutish vositasi trubkasi
himoyalanishi yoki o'rab qo'yilishi zarur.
• Oddiy ishlash sharoitlarida o'rnidan siljib ketishi mumkin bo'lgan
moslashuvchan sovutgich ulanishlari (tashqi blok bilan ichki blok
o'rtasidagi liniyalarni ulash kabilar) mexanik shikastlanishdan
himoyalanishi kerak.
• Truboproovodni o'rnatish minimal darajaga keltirilishi lozim.
• Trubalarni o'tkazish ishlari jismoniy shikastdan himoyalangan holda
bajarilishi kerak.
• Sovutish vositasining sovutish tizimi qismlari o'rtasida oqishiga imkon
berish uchun klapanlarni ochishdan avval payvandlash yoki mexanik
ulash ishlari bajarilishi kerak.
• Qurilmani bo'shatib olish, sovutuvchi moyga qarov va ehtiyot
qismlarni almashtirish mahalliy va milliy standartlarga muvofiq tarzda
bajarilishi kerak.
Ishlatish
• Tozalash uchun yumshoq matodan foydalaning.
Qattiq yuvish vositalari, eritgich moddalar va boshqalardan
foydalanmang.
- Bunda yong'in, elektr toki urishi yoki jihoz plastmassa qismlariga
zarar yetish xavfi mavjud.
XAVFSIZLIK BO'YICHA MUHIM KO'RSATMALAR
9

Werbung

Inhaltsverzeichnis
loading

Diese Anleitung auch für:

Arnu24gv1a4Arnu48gv2a4Arnu36gv2a4

Inhaltsverzeichnis