Herunterladen Inhalt Inhalt Diese Seite drucken

Marta MT-2084 Bedienungsanleitung Seite 35

Vorschau ausblenden Andere Handbücher für MT-2084:
Inhaltsverzeichnis

Werbung

Verfügbare Sprachen
  • DE

Verfügbare Sprachen

  • DEUTSCH, seite 17
 Jihozdan elektr shnuri shikastlangan holda foydalanmang.
 Go'shtqiymalagichda qattiq mahsulotlarni (danaklar, zanjabil, yong'oq va boshq.) maydalanmang.
 Uzluksiz ishlashning tasviya qilingan maksimal vaqti – albatta 5 daqiqadan kam bo'lmagan tanaffus qilish bilan ko'pi bilan 10 daqiqa.
 Dvigatelning qizib ketishidan himoya qilish tizimi ishlab ketgan hollarda u to'liq sovumaginicha jihozni yoqmang.
 Jihozni o„zingizcha ta„mirlashga urinmang. Jihozning ishlashida nuqsonlar aniqlangan hollarda eng yaqin joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
 Jihozdan foydalanish jarayonida go'shtqiymalagich bloki kichkina lyuftga ega bo'ladi va bu nosozlik hisoblanmaydi.
 Harakatni to'xtatish uchun qotiruvchi halqani kuchli darajada ortiqcha buramang, bu jihozning ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.
 Go'shtqiymalagichning olinuvchi metall qismlari (shnek, panjaralar, pichoq) foydalangandan keyin oksidlanishi mumkin. Bu oddiy holdir va nosozlik hisoblanmaydi.
DASTLABKI FOYDALANISHDAN AVVAL
 Jihozni qadoqdan chiqarib oling va barcha etiketkalarni olib tashlang.
 Jihozning barcha qismlarining mavjudligi va shikastlanishlarning yo„qligini tekshiring.
 Jihozni "Tozalash va qarov" bo'limiga ko'ra tozalang. Motor blokini suvga botirmang.
 Yig'ishdan avval jihozning barcha qismlari to'liq quritilishi kerak.
TOZALASH VA QAROV
Go'shtqiymalagichni o'chiring va dvigatelning to'liq to'xtaganligiga ishonch hosil qiling.
Jihozni elektr tarmog'idan uzing.
Qismlarga ajratishni yig'ishga teskari tartibda amalga oshiring.
Olinuvchi blokning qotiruvchi tugmasini bosing, go'shtqiymalagich blokini soat strelkasi bo'yicha aylantiring va motor blokidan ajratib oling.
Foydalanib bo'lgandan keyin go'shtqiymalagichning barcha qismlarini tozalashni amalga oshiring.
Motor bloki, vilka, elektr ta'minot shnurini suvga botirmang. Motor blokini nam latta bilan arting.
Go'shtqiymalagichning mahsulotlarga tegib turuvchi barcha qismlarini iliq suvda yuvish vositalari bilan yuving.
Tozalash uchun abraziv va tarkibida xlor bo'lgan moddalar yoki organik erituvchilardan foydalanmang.
Jihozning metall qismlarini (panjaralar, pichoq, shnek, qotirish gaykasi, olinuvchi blok) idish yuvish mashinasida tozalamang!
Go'shtqiymalagichning metall qismlarini tozalash uchun harorati 40℃ dan baland bo'lgan qaynoq suvdan foydalanmang, chunki bu ularning oksidlanishini tezlashtiradi.
Yuvgandan keyin metall qismlarni quruq latta bilan arting.
Toza va quritilgan pichoq va panjaralarni o'simlik yog'i shimdirilgan latta bilan arting.
Agar go'shtqiymalagichdan uzoq vaqt foydalanilmasa, uning barcha metall qismlarini o'simlik yog'i bilan namlangan latta bilan arting.
DIQQAT: Jihozning kesuvchi tig'lari juda o'tkir va xavf tug'diradi. Tig'larni o'rnatish, olish va yuvishda ehtiyotkorlikka rioya qiling.
TEXNIK XUSUSIYATLARI
KAFOLAT ISHLATILUVCHI MATERIALLARGA (FILTRLAR, SOPOL VA KUYISHGA QARSHI QOPLAMALAR, REZINA ZICHLAGICHLAR KABILAR) NISBATAN QO'LLANILMAYDI
Jihoz ishlab chiqarilgan sanani mahsulot qutisidagi identifikatsion stikerda va/yoki mahsulotning o„zidagi stikerda joylashgan seriya raqamidan topish mumkin. Seriya raqami 13 ta raqamdan iborat, 4 va 5-
belgilar jihoz ishlab chiqarilgan oyni, 6 va 7-belgilar jihoz ishlab chiqarilgan yilni bildiradi.
Ishlab chiqaruvchi avvaldan xabardor qilmagan holda jihoz dizayni va texnik xususiyatlariga o„zgartirishlar kiritish huquqini o„zida saqlab qoladi.
Ishlab chiqaruvchi-zavod:
Cosmos Far View International Limited
Room 701, 16 apt, Lane 165, Rainbow North Street, Ningbo, China
Kilingаn Kitаy
Elektr ta'minoti
Maksimal quvvati
220 – 240 V, 50 Hz
2000 W
Netto / brutto
Qutining o'lchamlari (U х K х B)
og'irligi
2,55 kg / 2,95 kg
270 mm х 215 mm х 310 mm
35

Werbung

Inhaltsverzeichnis
loading

Inhaltsverzeichnis