Herunterladen Inhalt Inhalt Diese Seite drucken

Samsung NK36M5060SS Montage- Und Gebrauchsanweisung Seite 69

Vorschau ausblenden Andere Handbücher für NK36M5060SS:
Inhaltsverzeichnis

Werbung

Verfügbare Sprachen
  • DE

Verfügbare Sprachen

  • DEUTSCH, seite 17
Foydalanish
Havo soʻrgich taom pishirish vaqtida tutun va parlarni soʻrib olish uchun xizmat qiladi va
faqat maishiy foydalanish uchun moʻljallangan.
Havo soʻrgich havoni tashqariga soʻrgich yoki uni filtrlash rejimida ishlash uchun
loyihalashtirilgan.
Soʻruvchi rejim
Ushbu rejimda parlamalar ulovchi doiraga ulangan qayriluvchan quvurlar orqali
tashqariga tortib ketiladi.
DIQQAT!
Soʻruvchi quvur mahsulot komplektiga kirmaydi va u alohida sotib olinishi lozim.
Soʻruvchi quvurning diametri ulovchi doira diametriga teng boʻlishi lozim.
DIQQAT!
Agar havo soʻrgichda koʻmir filtri mavjud boʻlsa uni olib tashlang.
Havo soʻrgichni havo chiquvchi teshik diametriga teng havo tortuvchi quvurga ulang
(ulovchi gardish).
Kichikroq diametrdagi quvurlarni oʻrnatish soʻrish kuchi kamayishi va shovqin
darajasining keskin ortishiga olib keladi.
Bu masaladagi har qanday shikoyatlar ra'd etiladi
!
Ishlatiladigan quvurning minimal uzunligi eng zarur darajada boʻlishi lozim
!
Boʻgʻinlar soni eng kam boʻlgan quvurdan foydalaning (maksimal bukilish burchagi:
90°)
!
Quvur kesimining keskin oʻzgarishini oldini olish lozim
Filtrlovchi rejim
Aylantiriluvchi havo qaytadan xonaga purkalgunga qadar yogʻlar va yoqimsiz hidlardan
tozalanadi.
Ushbu variantdagi havo soʻrgichdan foydalanish uchun faol koʻmir asosidagi
qoʻshimcha filtrlash tizimini oʻrnatish talab etiladi
Oʻrnatish
Havo soʻrgichning eng quyi nuqtasi bilan oshxona plitasi tayanch yuzasi orasidagi
masofa elektr plitalari uchun kamida 50 sm sm, gaz va aralash plitalar uchun 65cm sm
boʻlishi lozim.
Gaz plitasini oʻrnatish yoʻriqnomasida kattaroq oraliq masofa talab etilsa buni inobatga
olish zarur.
Elektr ulanish
Tarmoqdagi kuchlanish havo soʻrgich ichki tomonida joylashgan texnik ma'lumotlar
taxtasida koʻrsatilgan kuchlanishga mos kelishi lozim. Agar havo soʻrgich vilkaga ega
boʻlsa, uni shtepsel teshigiga ulang. Shtepsel amaldagi qoidalar talablariga javob
berishi va qulay joyda joylashgan boʻlishi kerak.
boʻlgandan soʻng ulash mumkin. Agar havo soʻrgichda vilka mavjud boʻlmasa
(tarmoqqa bevosita ulanish) yoki shtepsel teshigi qulay joyda joylashmagan boʻlsa,
jihozni oʻrnatib boʻlgandan soʻng, oʻrnatish yoʻriqnomasiga asosan, 3-toifadagi yuqori
kuchlanish holati yuz berganda tarmoqni toʻliq uzib tashlash imkonini beruvchi ikki qutbli
viklyuchateldan foydalaning.
OGOHLANTIRISH!
Havo soʻrish tizimini elektr quvvati tizimiga ulashdan va jihozning toʻgʻri ishlayotganini
tekshirishdan oldin elektr toki bilan quvvatlantiruvchi kabel toʻgʻri oʻrnatilganiga ishonch
hosil qiling.
Havo soʻrgich maxsus quvvatlantiruvchi kabelga ega boʻlib, unga futur yetgan hollarda
texnik xizmatga buyurtma berib harid qilishingiz mumkin.
Oʻrnatish
Oʻrnatishdan oldin:
Siz harid qilgan jihoz oʻlchamlari oʻrnatmoqchi boʻlgan yeringizga mos kelishini
tekshiring.
Mavjud boʻlgan taqdirda koʻmir filtrlarini yechib oling (taalluqli boʻlimga qarang).
Filtrlarni faqat havo soʻrgichni filtratsiya rejimida ishlatishni hohlasangiz qaytadan
oʻrnatish mumkin.
Havo soʻrgichni ichini transport yordamida olib kelish paytida begona narsalar
(vintlar solingan paketlar, kafolat qogʻozlari va h.) qolib ketmaganiga amin boʻlish
uchun tekshiring va mavjud boʻlsa ularni chiqarib saqlab qoʻying.
Havo soʻrgich barcha turdagi devorlar/shiftlarga qotirish uchun dyubellar bilan
ta'minglangan. Ammo, materiallar sizning devor/shiftingizga mos kelishini aniqlashtirish
uchun malakali texnikka murojaat qilishingiz lozim. Devor/shift jihoz ogʻirligini hisobga
olgan holda yetarlicha mustahkam boʻlishi kerak.
Eslatma: Qismlarga "(*)" belgisi qo'yilgan bo'lsa, bular ayrim modellarda mavjud
bo'lgan, ayrimlarida esa mavjud bo'lmasa-da, alohida sotib olish mumkin bo'lgan
anjomlardir.
Jihozni rozetkaga uni oʻrnatib
Texnik xizmat koʻrsatish
Tozalash
Tozalash uchun FAQAT neytral tozalovchi suyuqlikda hoʻllangan lattadan foydalaning.
HECH QANDAY TOZALASH QUROLLARIDAN FOYDALANMANG. Abraziv
materiallardan iborat vositalarni qoʻllamang. SPIRTDAN FOYDALANMANG!
Texnik xizmat koʻrsatish jarayonida doimo ishchi qoʻlqoplarni taqing.
Yogʻlarni ushlab qoluvchi filtrlar.
Rasm 11-28
Plitalardan chiquvchi yogʻ parchalarni ushlab qoladi.
Filtrni har oyda yumshoq ta'sir etuvchi yuvuvchi vositalar yordamida qoʻlda yoki idish
yuvuvchi uskuna yordamida past haroratda, yuvishning qisqa siklida tozalash lozim.
Idish yuvuvchi uskuna yordamida yuvganda yogʻlarni tutib qoluvchi filtr rangi xiralashishi
mumkin, lekin uning filtrlash xususiyati mutlaqo oʻzgarmaydi.
Yogʻlarni tutib qoluvchi filtrni yechish uchun filtrni ajratish uchun moʻljallangan prujinali
tutqichni oʻzingizga torting.
Koʻmir filtri (filtrlovchi rejim uchun)
Rasm 27
Oshxonadagi yoqimsiz hidlarni yoʻqotadi.
Faollashtirilgan ko'mir filtri quyidagi turlarda bo'lishi mumkin:
Yuvsa bo'ladigan faollashtirilgan ko'mir filtri.
Yuvib bo'lmaydigan faollashtirilgan ko'mir filtri.
Yuvsa bo'ladigan faollashtirilgan ko'mir filtri.
Ko'mir filtrini har ikki oyda bir marta yuvib turish mumkin, buning uchun qaynoq suv va
mos keladigan yuvish vositasi ishlatiladi yoki idish yuvish mashinasida 65°C haroratda
yuvish mumkin (agar idish yuvish mashinasidan foydalanilsa, to'liq sikl funksiyasini
tanlang va idishlarni olib tashlang).
Filtrga shikast yetkazmasdan, ortiqcha suvni chiqarib tashlang, keyin plastik ramka
ichidagi matrasni chiqarib olib, to'liq quritish uchun 10 daqiqaga 100° C haroratdagi
pech ichiga solib qo'ying. Matrasni har 3 yilda va matosi shikastlanganida almashtirib
turing.
Yuvib bo'lmaydigan faollashtirilgan ko'mir filtri.
Koʻmir filtrini toʻlib qolishi undan ancha vaqt foydalangandan soʻng, oshxona turi va
yogʻlarni tutib qoluvchi filtrning tozalanib turilish vaqtiga qarab yuz berishi mumkin.
Har qanday taqdirda, kartridjni har 4 oyda almashtirib turing.
Koʻmir filtri yuvilmaydi va qayta tiklanmaydi.
O'rnatish
Ko'mir filtrini avval havo so'rgichning metal tilchasi orqasiga iling, keyin old tarafiga
ikkita dastak bilan iling.
Chiqarib olish
Ko'mir filtrini havo so'rgichga biriktirib turgan murvatlarni 90° burab, chiqarib oling.
Koʻmir filtrlarini harid qilish
Koʻmir filtrlari Samsung servis veb-sahifasi va xizmat koʻrsatish markazidan harid
qilinishi mumkin. Qoʻllanmaning soʻnggi sahifasiga qarang.
Lampalarni almashtirish
Havo so'rgich LED texnologiyada ishlovchi yoritish tizimi bilan jihozlangan.
LED lampalari optimal yorugʻlikni ta'minlab, odatiy lampalarga qaraganda 10 barobar
uzoq xizmat koʻrsatadi va 90% elektr energiyasini tejash imkonini beradi.
Almashtirish uchun texnik xizmat koʻrsatish markaziga murojaat qiling.
Ishlatish
Havo so'rgich funksiyalarini tanlash uchun tugmalarga tegining:
T1. So'rish motorining ON/OFF tugmasi:
T2. Past so'rish tezligini (quvvatini) tanlash tugmasi
Moy filtri uchun to'yinganlik indikatori
Bu o'chib-yonsa, moy filtrini profilaktika qiling; keyin o'chib-yonish to'xtashi uchun
T1 tugmasini uzoq vaqt bosib turing (havo so'rgich YONIQ).
T3. O'rtacha so'rish tezligini (quvvatini) tanlash tugmasi
Ko'mir filtri to'yinganlik indikatori
Bu o'chib-yonsa, o'rnatilgan ko'mir filtrini profilaktika qiling, keyin o'chib-yonish
to'xtashi uchun T1 tugmasini uzoq vaqt bosib turing (havo so'rgich YONIQ).
69

Werbung

Inhaltsverzeichnis
loading

Inhaltsverzeichnis