Herunterladen Inhalt Inhalt Diese Seite drucken

Uzb Foydalanish Bo'yicha Yo'riqnoma - Marta MT-2167 Bedienungsanleitung

Inhaltsverzeichnis

Werbung

UZB FOYDALANISH BO'YICHA YO'RIQNOMA

EHTIYOTKORLIK CHORALARI
 Jihozdan foydalanishdan avval ushbu yo„riqnomani diqqat bilan o„qib chiqing va keyinchalik ma„lumotlar olish uchun saqlab qo„ying.
 Dastlabki yoqishdan avval mahsulotning markirovkada ko„rsatilgan texnik xususiyatlari Sizning mahalliy tarmog„ingizdagi elektr ta„minotiga mos kelishini tekshiring.
 Faqat maishiy maqsadlarda foydalaning. Jihoz sanoat maqsadlarida foydalanish uchun mo„ljallanmagan.
 Xonadan tashqarida foydalanmang.
 Ishlayotgan jihozni qarovsiz qoldirmang.
 Tarmoq shnuri shikastlangan yoki boshqa shikastlanishlarga ega bo„lgan jihozdan foydalanmang.
 Tarmoq shnurining o„tkir qirralar yoki issiq sitrlarga tegib turmasligini kuzatib boring.
 Tarmoq shnurini tortmang, ortiqcha buramang va jihoz korpusi atrofiga o„ramang.
 Jihozni ta„minot tarmog„idan uzganda tarmoq shnuridan ushlab tortmang, faqat vilkadan ushlab torting.
 Jihozni o„zingizcha ta„mirlashga urinmang. Nosozliklar yuzaga kelgan hollarda yaningizdagi xizmat ko„rsatish markaziga murojaat qiling.
 Tavsiya qilinmagan qo„shimcha asboblardan foydalanish xavfli bo„lishi va jihozning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
 Doimo tozalashdan avval va undan foydalanmaydigan bo„lsangiz, jihozni elektr tarmog„idan uzib qo„ying.
 DIQQAT: Vanna, rakovina yoki suv to'ldirilgan boshqa sig'imlar yaqinida foydalanmang.
 Elektr toki urishi va yong„in chiqishining oldini olish uchun jihozni suvga yoki boshqa suyuqliklarga botirmang. Agar shunday holat yuz bergan bo„lsa, uni darhol elektr tarmog„idan uzing va
tekshirish uchun xizmat ko„rsatish markaziga murojaat qiling.
 Jihoz jismoniy va ruhiy cheklanishlarga ega bo„lgan (jumladan bolalar), ushbu jihoz bilan ishlash tajribasiga ega bo„lmagan kishilar tomonidan foydalanish uchun mo„ljallanmagan. Bunday
holatlarda foydalanuvchiga uning xavfsizligi uchun javobgar shaxs tomonidan avvaldan ko„rsatmalar berilishi kerak.
 Pichoqlar bilan muomala qilganda ehtiyot bo'ling
 Har safar ishlatib bo'lgandan keyin jihozning o'chirilganligi, pichoqlarning to'liq to'xtaganligiga ishonch hosil qiling. Faqat shundagina qopqoqni oching
 Uzluksiz ishlatishga yo'l qo'yiladigan maksimal vaqt – albatta 1 daqiqadan kam bo'lmagan tanaffus qilgan holda ko'pi bilan 30 soniya
DASTLABKI FOYDALANISHDAN AVVAL
1. Jihozni qadoqdan chiqarib oling va barcha etiketkalarni olib tashlang
2. Qahva maydalagichdan foydalanishdan avval uning ichida begona narsalarning yo'qligiga ishonch hosil qiling
3. Qahva maydalagich faqat donli qahvalarni maydalash uchun mo'ljallangan. Boshqa mahsulotlarni, masalan, ziravorlarni maydalash hidlarning aralashib ketishiga olib keladi, bu esa
qahvaning hidini buzadi. Turli mahsulotlar uchun doimo alohida jihozlardan foydalaning. Tarkibida ko'p miqdorda moylar bo'lgan (masalan, yeryong'oq) yoki xaddan tashqari qattiq
(masalan, guruch) mahsulotlarni qayta ishlash tavsiya qilinmaydi
TOZALASH VA QAROV
1. Tozalashdan avval jihozni elektr tarmog„idan albatta uzib qo„ying.
2. Har safar foydalanib bo'lgandan keyin qahva maydalagichdan qahva qoldiqlarini yumshoq nam latta bilan artib tashlang va qahva maydalagichni yaxshilab quriting
3. Qahva maydalagich pichoqlarini yog'lamang va qayramang
4. Jihozni salqin va quruq joyda saqlang
TEXNIK XUSUSIYATLARI
Andozasi
MT-2167
Elektr ta„minoti
Quvvati
220-240 V, 50 Hz
200 W
Netto / brutto og„irligi
Qutining o„lchamlari (U х K х B)
0,62 kg / 0,69 kg
105 mm x 105 mm x 215 mm
22

Werbung

Inhaltsverzeichnis
loading

Inhaltsverzeichnis